Viloyatning Sayxunobod tumanida tadbirkordan pora talab qilgan mansabdor qo‘lga tushdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan DXXning Guliston shahar bo‘linmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Sayxunobod tumani Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari G‘.N. (muqaddam JKning 167 va 205-moddalari bilan sudlangan) «S.X.» MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida o‘tkazilgan tekshirishda aniqlangan 21 mln so‘m zararni bazaga kiritmaslik masalasini hal qilib berish evaziga MCHJ rahbari Sh.dan 7 mln so‘m pora talab qilib, shundan 1 mln so‘mini qo‘lga kiritib, qolgan 6 mln so‘mini Sayxunobod tuman ETK ma’muriy binosida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi