Foto: Norma.uz
Hozirgi kunda nikoh uylarini saqlab turishning zaruriyati qolmaganligi sababli, ularni qayta tashkil qilib, FHDYO bo‘limlariga aylantirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, amaldagi tartibga ko‘ra, nikoh uylari faqat nikohni rasmiylashtiradi. FHDYO bo‘limlari tomonidan esa 4 ta turdagi (tug‘ilish, nikoh, ajrim va o‘lim) harakatlar amalga oshiriladi.
«Aslida, nikoh uylari mustaqilligimizning ilk yillarida barcha FHDYO organlarida yetarlicha sharoit bo‘lmagan, binolar bilan bog‘liq muammolar fonida aholining nikohni tantanali qayd etilishiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash uchun ayrim hududlarda tashkil etilgan edi.
Hozirgi kunda, FHDYO organlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi tufayli barcha FHDYO organlarida nikohni tantanali qayd etish uchun alohida xonalar va sharoitlar yaratilgan. Shundan kelib chiqib, nikoh uylarini saqlab turishning zaruriyati qolmaganligi sababli, nikoh uylarini qayta tashkil etib, ularni FHDYO bo‘limlariga aylantirish rejalashtirilmoqda», - deydi Adliya vazirligi rasmiysi.
Vazirlik bundan ko‘zlangan maqsad adliya organlari faoliyatini optimallashtirish, xodimlarga kelayotgan ish yuklamasini to‘g‘ri taqsimlash hamda binolardan unumli foydalanish ekanligini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...