09:23 / 17.06.2022
1 655

Angren shakar zavodi direktori shakar narxi bo‘yicha izoh berdi

Angren shakar zavodi direktori shakar narxi bo‘yicha izoh berdi
Foto: yuz.uz
“Yangi O‘zbekiston” nashri ushbu savolga respublikadagi yirik shakar ishlab chiqaruvchi sub’ektlardan biri — “Angren shakar” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga uyushtirilgan press-tur davomida javob olishga harakat qildi.

Bu bizga bog‘liq bo‘lmagan holat, — deydi jamiyat bosh direktori Rustam Akbarxo‘jayev. — Ya’ni shakar narxining o‘sishiga, birinchi navbatda, mazkur mahsulot va uning xomashyosini Markaziy Osiyo mintaqasiga yetkazib berish bo‘yicha transport va logistika bilan bog‘liq muammolar ta’sir ko‘rsatdi. Ayni paytda mazkur masalalar hal etilgan.

Qayd etilishicha, hozirgi paytda aholining shakarga bo‘lgan talabini yanada qondirish maqsadida “Angren shakar” MCHJ bir sutkada 1100 tonna shakar ishlab chiqaryapti. Aslida korxona yiliga 300 ming tonna shakar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona ortiqcha quvvat bilan ishlayotgani bois, har oyda 30 ming tonnadan ortiq shakar ishlab chiqaryapti. Bu yiliga 360 ming tonna degani.

Korxona o‘z quvvatidan ham yuqori holatda ishlayapti. Demakki, aholining ortiqcha xavotir olishiga asos yo‘q. “Angren shakar” korxonasi ortiqcha imkoniyatlarni ishga solgan holda, aholini uzluksiz shakar mahsuloti bilan ta’minlayapti. Buning uchun omborlarda xomashyo va tayyor shakar aholiga yetarli darajada”, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Angren shakar zavodi direktori shakar narxi bo‘yicha izoh berdi