Toshkent shahrida yashovchi ayol kelini bergan ovqatdan shubhalanib, uni ekspertizaga olib kelgan va qaynonaning shubhasi tasdiqlangan. Bu haqda Hadicha Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertiza markazi ma’lumotlariga tayanib, «Zamon.uz» xabar berdi.
Markaz mutaxassisining qayd etishicha, tekshiruv davomida kelin qaynonasining joniga qasd qilish maqsadida uning ovqatiga zararli modda va mayda shisha siniqlarini solib kelgan.
«Shu ovqatdan mening shubham bor. Kelinim ovqat olib keldi, ammo ichgim kelmayapti. Ichki tuyg‘um tekshirtir, ichida biror narsa yo‘qmikan, degan xulosaga undadi.
Kelin qaynonasini o‘ldirish uchun yillar davomida suyuq ovqatga kam-kamdan modda qo‘shib kelgan. Ma’lum bir vaqt o‘tgandan keyin uning ahvoli yomonlashgan, kasalxonaga tushgan. U yerda oxirgi yegan ovqatini tekshirish tavsiya qilingan. Ayolning oshqozonidan olingan ovqat qoldig‘i tibbiy-ekspertizaga yuborilgan. Ekspertizada odam organizmiga ziyon keltiruvchi modda hamda shishaning mayda siniqlari topilgan», — deydi Materiallar, ashyolar, buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi mudiri Raqiya Ahmedova.
Ta’kidlanishicha, markazda oziq-ovqat ekspertizasi bo‘limi ochilganiga endi 3 yil bo‘lgan. Shuningdek, 2021—2025 yillar Respublika sud ekspertiza markazi faoliyatida yangi bosqich bo‘lishi kutilmoqda, 16 ta yangi ekspertiza va tadqiqot turlarini joriy etish belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...