23:51 / 30.06.2022
1 572

Ayollar huquqlarini ta’minlash borasida Konstitutsiyaga muhim o‘zgartish kiritilmoqda

Ayollar huquqlarini ta’minlash borasida Konstitutsiyaga muhim o‘zgartish kiritilmoqda
Avval xabar berilganidek, 25 iyun kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan muhim o‘zgartishlardan biri ayollar huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Jumladan, 37-moddaga quyidagicha o‘zgartish kiritilyapti: «Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi».

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 20 iyun kuni Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvi doirasida: - «Inson qadri uchun» g‘oyasini Konstitutsiyamizning mazmuniga chuqur singdirib, amaliy hayotimizda bosh qadriyatga aylantirishimiz zarur. Bosh qomusimizda homiladorligi yoki yosh bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishi qat’iy belgilab qo‘yilishi shart, deb ta’kidladilar.

Shuningdek, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mamlakatda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va shu orqali 2026 yil yakuniga qadar kambag‘allikni kamida 2 baravarga qisqartirishga bag‘ishlangan 85-maqsad doirasida Ayollar orasidagi ishsizlik darajasini 2 baravar kamaytirish, ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish va o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlari belgilangan.

69-maqsad doirasida Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni belgilash masalasi qo‘yilgan. Xotin-qizlarni kamsitish holatlari O‘zbekiston huquq amaliyotida juda keng tarqalgan. Bunday holatlar ayniqsa homilador va bolasi bor ayollarga nisbatan ko‘p uchraydi. Uning asosiy sababi, bu toifadagi xotin-qizlarga mehnat sohasida qonunchilik bilan ish beruvchilar hisobidan juda ko‘p imtiyoz va qulayliklar yaratilganligi. Natijada, bu toifadagi ayollarning huquqlari yashirin tarzda kamsitilayotganini ko‘ramiz.

Asosiy qomusimizda ayollarning mehnat sohasidagi huquqlarini kamsitilishini taqiqlash tegishli qonunlarga konstitutsion normani amalga oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish uchun asos bo‘ladi.

Homilador va bolasi bor ayollarni kamsitish holatlarini taqiqlovchi normalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida mustahkamlangan. Ular alohida ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilishga oid cheklovlar bilan bog‘liq.

Kiritilayotgan qo‘shimcha mehnat sohasida gender tengligiga erishishga, xotin-qizlarning faolligini oshirishga, ularni norasmiy mehnat munosabatlarini legallashtirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston xalqaro reytinglarda o‘rnini yuqorilashga xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ayollar huquqlarini ta’minlash borasida Konstitutsiyaga muhim o‘zgartish kiritilmoqda