Prezident Yoshlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiridagi nutqida dunyodagi murakkab vaziyatga to‘xtaldi.
«Dunyodagi murakkab vaziyatni o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Har kuni yangi-yangi xavf-xatarlar va tashvishlarga duch kelyapmiz.
Bunday vaziyatlarda xalqimizning irodasi va matonatiga tayanib, O‘zbekistonning milliy manfaatlariga javob beradigan yagona to‘g‘ri yo‘lni topish uchun birgalikda intilmoqdamiz.
Mehnatkash va bag‘rikeng, olijanob xalqimiz, sizday bilimli, faol va shijoatli o‘g‘il-qizlarim bor ekan, biz har qanday qiyinchiliklarni albatta yengib o‘tamiz!», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilganini ta’kidladi. Mahallalarda 9,5 ming nafar yoshlar yetakchilari o‘z faoliyatini boshladi.
Hozirga qadar «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 700 mingdan ortiq yigit-qizlarning muammolarini hal etishga 650 milliard so‘m yo‘naltirildi.
So‘nggi ikki yilda 174 ming nafar yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun 4 trillion 400 milliard so‘m imtiyozli kreditlar yo‘naltirildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...