1 697
Parlament Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqladi
O‘zbekiston prezidentining «Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida»gi farmoni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida ko‘rib chiqildi. Bu haqda parlament axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Konstitutsiyaning 78-moddasi birinchi qismining 19-bandiga va «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Konstitutsiyaviy qonuni 8-moddasining uchinchi qismiga muvofiq Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati quyidagicha qaror qilgan:
- O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2022 yil 2 iyuldagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida»gi PF–164-sonli farmoni tasdiqlanadi;
- Ushbu qo‘shma qaror darhol prezidentga yuboriladi;
- Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniylik va huquq-tartibotni tiklash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 2022 yil 3 iyul kuni soat 00:01 dan 2022 yil 2 avgust kuni soat 00:00 ga qadar bo‘lgan davrda favqulodda holat joriy etilgandi.
Qoraqalpog‘istonning Nukus shahridagi Konstitutsion islohotlardan norozi bo‘lgan fuqarolarning noqonuniy namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Jo‘qorg‘i Kengesning ma’lum qilishicha, axborot xurujlari va ro‘y berayotgan voqealarni qasddan buzib ko‘rsatish orqali ta’sir qilishga urinishlar qayd etilgan.
2 iyul kuni Shavkat Mirziyoyev Nukus shahriga kelib, deputatlar, Qoraqalpog‘iston faxriylari va faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Davlat rahbari Konstitutsiyaning Qoraqalpog‘istonga tegishli moddalarini amaldagi tahrirda o‘zgarishsiz qoldirish zarurligini aytdi. «Konstitutsiyaviy qonun loyihasi referendumdan keyingina qonuniy tusga kirishini bildirib, fuqarolarning xohish-irodasi, taklif va fikrlaridan kelib chiqqan holda, ushbu loyiha o‘zgarishini va takomiliga yetkazilishini qayd etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin