Foto: Yuliy Yusupov
Taniqli iqtisodchi, bloger Yuliy Yusupov Qoraqalpog‘istonda konstitutsion o‘zgarishlar fonida yuz berayotgan voqealarga munosabat bildirdi.
«Prezident Nukusdagi yig‘ilishda konstitutsiyadagi Qoraqalpog‘istonga oid moddalar o‘zgarishsiz qolishi kerakligini ta’kidladi. Menimcha, bu juda aqlli qaror bo‘ldi.
Qoraqalpog‘iston referendum orqali O‘zbekiston tarkibidan chiqishi mumkinligi haqida modda chindan ziddiyatli. Ammo bu moddani o‘zgartirish zarur ekani xotirjam muhokama qilib bo‘lmayotgan, u umuman kerak bo‘lmagan keskinlikni keltirib chiqargan bo‘lsa, yaxshisi bu savolni muhokamadan olib tashlay qolish kerak.
O‘z fikrini o‘tkazish uchun qaysarlik qilib turish to‘g‘ri ish bo‘lmasdi. Avvalgi prezident aynan shunday qilgan bo‘lardi», deb yozdi Yusupov o‘z kanalida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin