2022 yilning 5 iyul kuni soat taxminan 00:05 larda Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
IIBB xabariga ko‘ra, haydovchi 1979 yilda tug‘ilgan Z.Yu. «Hyundai Santa Fe» rusumli avtomashinada harakatlanib, belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Zarba natijasida piyoda yiqilgan va bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, haydovchi 1983 yilda tug‘ilgan M.X. boshqaruvidagi «Toyota» rusumli avtomashina tagida qolib ketgan.
Natijada piyoda, 1980 yilda tug‘ilgan V.S. olgan tan jarahatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Uning oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi