Termizga Afg‘oniston hududidan 5 ta snaryad otildi

Termizga Afg‘oniston hududidan 5 ta snaryad otildi
Bugun, 5 iyul kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahriga 5 ta snaryad uchib tushgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, snaryadlar Afg‘oniston hududidan uchib kelgan, lekin portlamagan, qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q.

Termiz shahridagi Majnuntol mahallasida joylashgan 4 ta uyga ozroq zarar yetgan, beshinchi snaryad futbol maydoniga qulagan. Barcha snaryadlar sapyorlar tomonidan zararsizlantirilgan.

Ayni paytda O‘zbekistonning tegishli organlari afg‘on tomoni bilan mazkur voqeaning sabablarini o‘rganmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar