20:37 / 06.07.2022
1 396

Shavkat Mirziyoyev radikalizm va ekstremizm xavfi ortayotganini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev radikalizm va ekstremizm xavfi ortayotganini ta’kidladi
O‘zbekiston prezidenti davom etayotgan yig‘ilishda mamlakatimizning izchil va barqaror rivojlanishidan manfaatdor bo‘lmagan turli buzg‘unchi tashqi kuchlar borligini ta’kidlab o‘tdi.

«Hozirgi vaqtda dunyoning turli mintaqalarida yangi keskinlik o‘choqlari paydo bo‘lmoqda, millatlar va konfessiyalar o‘rtasida qarama-qarshiliklar kuchaymoqda, radikalizm va ekstremizm xavfi tobora ortib bormoqda.

Mana shunday tahlikali sharoitda biz barqarorlik va xavfsizligimizga ziyon yetkazadigan har qanday tahdid va xatarlarga keskin qarshi turishimiz shart.

Ayni vaqtda shuni e’tirof etish kerakki, mamlakatimizning izchil va barqaror rivojlanishidan manfaatdor bo‘lmagan turli buzg‘unchi tashqi kuchlar ham mavjud.

Ushbu kuchlar tomonidan yurtimizdagi osoyishta vaziyatni izdan chiqarish, fuqarolarimizning ishonchiga kirib, ularni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itishga qaratilgan g‘arazli maqsadlar amalga oshirildi va bunday urinishlar bundan keyin ham sodir bo‘lishi mumkin
».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev radikalizm va ekstremizm xavfi ortayotganini ta’kidladi