Shavkat Mirziyoyev o‘zi raisligidagi yig‘ilishda Qoraqalpog‘istondagi vaziyat haqida gapirib o‘tdi.
«Hozirgi vaqtda Qoraqalpog‘istondagi vaziyat izga tushmoqda. Eng asosiysi, aholining tinchligi va hayotiga hech narsa xavf solayotgani yo‘q.
Iqtisodiyot tarmoqlari ishlamoqda. Odamlar kundalik ishlari va yumushlari bilan band. Dehqonlar o‘z dalasida ishlamoqda, peshona teri bilan yaratgan hosillarini yig‘ishtirmoqda.
Bozorlar, do‘konlar va boshqa xizmat ko‘rsatish ob’ektlari faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizning barcha hududlaridan bu yerga oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar yetkazib berilmoqda.
Davlat hokimiyati organlari, jamoatchilik vakillari va huquqni muhofaza qilish tuzilmalari tomonidan hududda barqaror vaziyatni ta’minlash bo‘yicha uyushgan va muvofiqlashgan holda ish olib borilmoqda». “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi