Texnikumni a’lo baholarga bitirgan bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalariga 2-kursdan suhbat asosida qabul qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin, kimlar qabul qilinadi, qabul qachongacha?
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilinishini eslatdi. Buning tartibi hukumat qarori bilan belgilangan.
Vazirlik xabariga ko‘ra, ushbu toifadagi bitiruvchilarni 2022 yil 5 iyuldan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining suhbat.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish boshlangan.
Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platformada avtomatik ravishda shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25 iyuliga qadar davom etadi.
O‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatini mana bu yerdan yuklab olish mumkin.
Kimlar suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi?
Hukumat qarorida belgilanishicha, texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslar toifasiga texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)”, biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi bo‘lgan bitiruvchilar kiradi. Biroq tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun baholarning kamida 85 foizi “5 (a’lo)” bo‘lishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi