
Foto: Senat axborot xizmati
Yalpi majlis avvalida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Qoraqalpog‘istondagi holatlarga munosabat bildirdi:
«... Bu holatda hammamiz o‘zimizga to‘g‘ri xulosa chiqarishimiz va o‘z ishimizni qayta ko‘rib chiqishimiz lozim bo‘ladi. Kuni kecha Prezidentimiz huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari ham bu masalaga alohida e’tibor qaratdi.
Avvalo, bu voqealar barcha masalalar xalq bilan hamnafas tarzda va o‘z vaqtida yechilishiga barcha davlat organlari va idoralarining kuchi hamda resurlarini jalb qilish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammo va masalaning katta-kichigi bo‘lmaydi. Ularning har birini yechimi muhimdir.
Har qanday kichik deb qaralgan masala o‘z yechimini topmagan taqdirda, albatta bir kuni katta muammoga aylanadi. Xalq vakillari sifatida bunday holatga yo‘l qo‘yilmasligi uchun birinchi navbatda biz mas’ulmiz! Muxtasar qilib aytganda, o‘z ishimizni tanqidiy qayta ko‘rib chiqishimiz lozim bo‘ladi», dedi Senat raisi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar