13:53 / 08.07.2022
1 276

Guliston shahrida garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarildi

Guliston shahrida garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarildi
Byuroning Guliston shahar bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor “Comfort Oazis” MCHJdan undiruvchi ATIB "Ipotekabank" Sirdaryo viloyat filiali foydasiga jami 447,6 mln. so‘m kredit qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Guliston shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Undiruv kredit ta’minoti sifatida qo‘shimcha javobgar R.Dehkanovga tegishli bo‘lgan Guliston shahar, Taraqqiyot MFY hududida joylashgan ko‘chmas mulk binosiga qaratish belgilangan.

Ijro harakatlari davomida R.Dexkanovga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk binosi tegishli tartibda xatlanib, “E-AUKSION” elektron savdo maydonchasiga savdoga chiqarildi.

Ko‘chmas mulk binosining sotuvdan tushadigan pul mabilag‘lari ATIB "Ipotekabank" Sirdaryo viloyat filiali foydasiga yo‘naltiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Guliston shahrida garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarildi