1 247
Buxoroda aka ukasiga tegishli yerni yashirincha 120 ming dollarga sotayotganda qo‘lga olindi
Buxoro tumanida yashovchi fuqaro ukasiga tegishli yer maydonini yashirin ravishda 120 ming dollarga pullab, 20 ming dollarni oldindan olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, fuqaro Sh.A. ukasi J.A.ning nomida bo‘lgan MCHJga qarashli 7 gektar yer maydonini o‘zboshimchalik bilan sotishga uringan. U hamqishlog‘i F.N.ning ishonchiga kirib, yer maydoni aslida o‘ziga tegishli ekanini bildirgan. Va undan bu yer maydonini sotishi evaziga 120 ming dollar so‘ragan. Biroq F.N. holatni surishtirgan va akaning o‘z ukasiga nisbatan firibgarlik qilayotganini anglab yetgan. Yer sotuvchi aka esa xaridorga yerni tezroq olishini, yo‘qsa boshqa talabgor chiqayotganini aytgan.
F.N. esa holat yuzasidan huquq-tartibot organlariga xabar bergan.
Shu kuni Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB tezkor guruhi tadbir o‘tkazgan. Yer sotuvchi aka xaridordan kelishilgan 120 ming dollarning 20 ming dollarini oldindan olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan aybdorga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi ( firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi