
Foto: Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati
Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida yashovchi fuqaroning uyida noqonuniy ravishda o‘q-dorilar saqlanayotgani aniqlandi.
Viloyat IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, Yangiyer shahar IIB JQB xodimlari tomonidan tezkor tadbir olib borilib, fuqaro Q.T. ning (1988 yilda tug‘ilgan) hovlisi ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv natijasida uning molxonasida 10 dona noqonuniy o‘q-dorilar saqlanayotgani aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Yangiyer shahar IIB JQB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar