
Foto: TIV matbuot xizmati.
12 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Moskva shahrida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlarning konstruktiv o‘zaro manfaatli siyosiy muloqot, iqtisodiy diplomatiyani va madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada jadallashtirish tarafdori ekanligi qayd etildi.
Oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar jahon va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar, deyiladi TIV xabarida.
BMT, MDH, SHHT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bo‘lajak tadbirlarning tashkiliy va mazmunli jihatlari, jumladan, 2022 yil 28-29 iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan SHHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig‘ilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar