22:40 / 13.07.2022
1 135

Lacetti rusumli avtotransport vositasi sotilib, qarzdorlik undirib berildi

Lacetti rusumli avtotransport vositasi sotilib, qarzdorlik undirib berildi
Guliston shahar xususiy notarial idorasining 31.01.2022 yildagi ijro xatiga asosan qarzdor F.T.dan undiruvchi A.Ya.ning foydasiga 152 005 000 so‘m qarz undirish bo‘yicha ijro hujjati Byuroning Mirzaobod tumani bo‘limi ish yurituviga 10.02.2022 yilda kelib tushgan va shu kuni ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor F.T.ning mol-mulkini aniqlash maqsadida tegishli idora va tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan javob xatlariga ko‘ra uning nomida “LACETTI” rusumli avtotransport vositasi borligi aniqlanib, 02.04.2022 yilda ta’qiq o‘rnatilgan.

Bundan tashqari davlat ijrochilarining sayi-harakatlari natijasida, 04.04.2022 yilda qarzdorga tegishli bo‘lgan Lacetti rusumli avtotransport vositasi mashina bozorida sotilayotgan vaqtida ushlanib, davlat ijrosi tomonidan xatlanib, Byuroning Mirzaobod tuman bo‘limining ma’muriy binosi xovlisiga joylashtirildi.

Avtotransport vositasini “Guliston baholash konsalting” MCHJ tomonidan 84 628 133 so‘mga baholanib, 11.05.2022 yilda elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilib, 20.06.2022 yilda 91 001 666 so‘mga sotildi.

Undiruvchi A.Ya.ga sotishdan tushgan pul mablag‘i o‘tkazib berilishi taminlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lacetti rusumli avtotransport vositasi sotilib, qarzdorlik undirib berildi