
Ijtimoiy tarmoqlarda «Qo‘shrabot tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida xodimlar bir-birlarini «krujka» bilan urib boshini yorishdi» sarlavhasi ostidagi video tarqalgan.
Holat yuzasidan viloyat IIB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2022 yilning 1 iyul kuni Qo‘shrabot tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birining mudirasi Ch.A. hamda shu muassasa metodisti E.G.lar o‘rtasidagi kelishmovchilik natijasida janjal yuzaga kelgan. Janjal davomida Ch.A., E.G.ning bosh qismiga bokal bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan 2 iyul kuni Qo‘shrabot tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar