O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda gaz quyish shoxobchalarida narxlaring oshishi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 iyulda qabul qilingan 387-son qaroriga ko‘ra, gaz quyish shoxobchalari uchun mahsulotlarni sotish narxlari oshmagan va bir xil darajada saqlanib qolgan. (Ushbu qaror bilan VMning 2022 yil 30 iyundagi 348-sonli qarori bekor qilindi).
«Shu munosabat bilan, AGTKSHlarida avtotransport vositalariga yonilg‘i quyish uchun ishlatiladigan metan narxini oshirishning ob’ektiv sabablari yo‘q.
Biroq, eslatib o‘tamizki, Energetika vazirligi va boshqa davlat tashkilotlari AGTKSH larning narx siyosatiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega emas, chunki AGTKSHlar bozor sharoitida faoliyat yuritadi va talab va taklifga qarab narxlarni o‘zlari shakllantiradi», deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi