FVV bugun Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, 18 iyul kuni soat 14:41 da Yakkasaroy tumani «Boshliq» MFY Qushbegi ko‘chasida joylashgan ko‘p kvartirali uylarning xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Yong‘in-qutqaruvchilar soat 14:50 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:59 da o‘chirilgan. Yong‘inni bartaraf etishga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb qilingan.
Yong‘in natijasida xonadonning 10 kv.m maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Olib borilgan tezkor harakatlar tufayli yong‘indan uyning 200 kv.m maydoni saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi