09:44 / 19.07.2022
958

Voleybol federatsiyasi mansabdorlari 300 mln so‘mdan ziyod budjet mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlandi

Voleybol federatsiyasi mansabdorlari 300 mln so‘mdan ziyod budjet mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlandi
Bosh prokuratura tomonidan mutasaddi idoralar bilan birgalikda Voleybol federatsiyasida budjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi o‘rganildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, o‘rganish natijasida federatsiya mansabdor shaxslari va boshqalar budjet mablag‘larini juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilgani aniqlangan. Xususan, sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug‘iga asosan, federatsiyaga 54 nafar sportchi bilan 23 kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish uchun budjetdan 445 million so‘m ajratilgan. Ammo amalda 10 kun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazilib, 231 million so‘m budjet mablag‘lari o‘zlashtirilgan.

Bundan tashqari, terma jamoa va uning zaxirasi tarkibiga kiritilmagan 29 nafar sportchini turli sport yig‘inlariga yuborilgan. Buning oqibatida 75 million so‘m mablag‘ asossiz sarflangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida budjetga yetkazilgan zararning 120 million so‘mi qoplanishi ta’minlangan.

Holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Voleybol federatsiyasi mansabdorlari 300 mln so‘mdan ziyod budjet mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlandi