Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, Rishton tumani xalq ta’limi bo‘limi xodimi o‘zining tanishi bo‘lgan ayol bilan til biriktirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 2 nafar fuqaroni Farg‘ona davlat universitetining maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim hamda huquqshunoslik fakultetlariga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 18 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa bir holatda esa Farg‘ona davlat universitetining harbiy ta’lim fakulteti dekani o‘rinbosari 4 nafar abituriyentni ushbu fakultetga o‘qishga kirishlarida amaliy imtihonlardan o‘tkazib berish evaziga har bir uchun 5,1 million so‘mdan talab qilib, jami 20,4 million so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...