20:23 / 19.07.2022
2 057

Qashqadaryodagi pichoqbozlikka aniqlik kiritildi

Qashqadaryodagi pichoqbozlikka aniqlik kiritildi
Qashqadaryo viloyatida bir kishi boshqa bir fuqaroni pichoqlagani tasvirlangan video tarqalgandi. Viloyat IIBning aniqlik kiritishicha, mazkur voqea sabab ikki kishi tan jarohati olgan. Aniqlanishicha, voqea 2022 yilning 18 iyul kuni soat 15:30 da sodir bo‘lgan.

«Joriy yilning 18 iyul kuni soat taxminan 12:00 da Kitob tumani ‘Samarqand’ mahallasi hududida, aholi o‘rtasida shaxsiy adovat sabab janjal yuzaga kelgan. Oqibatda fuqarolar — T.O. va P.I.lar tan jarohati olib, Kitob tumani markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan. Shu kuni soat taxminan 15:30 da shifoxona hovlisida to‘plangan, jabrlangan fuqarolarning qarindoshlari o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqan», — deydi viloyat IIB axborot xizmati rahbari Javlon Baxtiyev.

Qo‘shimcha qilinishicha, o‘zaro janjal jarayonida fuqaro P.B. avtomashinasida bo‘lgan pichoq bilan fuqarolar Q.I. va O.A.ga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasida Kitob tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi (jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib bezorilik sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqarolar P.B., P.A., P.B., A.A., aka-uka R.F. va R.F. hamda R.B.lar protsessual tartibda ushlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryodagi pichoqbozlikka aniqlik kiritildi