09:46 / 20.07.2022
940

O‘zbekistonda ota-onalarning 24 foizi farzandining telefonini umuman nazorat qilmasligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda ota-onalarning 24 foizi farzandining telefonini umuman nazorat qilmasligi ma’lum bo‘ldi
Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti o‘qituvchilar va ota-onalar o‘rtasida o‘quvchi (farzand)larining dars paytida uyali aloqa vositasidan foydalanishi borasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

Infografika: Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti
Qayd etilishicha, so‘rovnomada 95 400 nafardan ortiq foydalanuvchi savollar bilan yaqindan tanishgan. Natijalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilarning telefoni dars paytida yoniq bo‘lishi bo‘yicha berilgan savolga «Qo‘ng‘iroqlar, xabarlar, ijtimoiy tarmoq, o‘yin va boshqalar o‘quvchilarning fikr-xayolini darsdan chalg‘itadi» degan javob 52 foiz ovoz bilan eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan.

Shuningdek, mazkur so‘rovnomada ishtirok etgan ota-onalarning 24 foizi farzandining qo‘l telefonini umuman nazorat qilmasligi ma’lum bo‘lgan. 59 foizi har kuni, 17 foizi esa har haftada tekshirib turadi.

Infografika: Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti
Ovoz berganlarning 63 foizi bolalar darsda telefondan qay maqsadda foydalanishi haqidagi savolga «Internet bilan shug‘ullanmoqda» deb javob bergan.

Bundan tashqari, farzandlarning darsdan oldin telefonini topshirib, dars tugagach, qaytib olishi haqidagi savolga 84 foiz respondent ijobiy javob bergan. 13 foizi ma’qullamasligini bildirgan bo‘lsa, yana 3 foizi betaraf qolgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ota-onalarning 24 foizi farzandining telefonini umuman nazorat qilmasligi ma’lum bo‘ldi