Foto: Madaniy meros agentligi
Namangan viloyatidagi «Abdumalik» masjidi Chust tuman hokimining qarori bilan «qarovsiz va egasi aniqlanmagan bino» degan vaj bilan hokimiyat balansiga o‘tkazib olingan va sotib yuborilgan.
Vazirlar Mahkamasining madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Madaniy meros agentligi va Bosh prokuratura tekshiruvlarida ma’lum bo‘lishicha, madaniy meros yodgorligi hisoblangan Chust tumanining Yangihayot mahallasida joylashgan «Abdumalik» masjidi XX asr boshiga mansub bo‘lib, u 2018 yilda Chust tuman hokimining qarori bilan «hashar yo‘li bilan qurilgan, hozirda qarovsiz qolgan, egasi aniqlanmagan bino» degan asossiz vaj bilan Madaniy meros inspeksiyasi balansidan hokimiyat balansiga o‘tkaziladi.
So‘ng tuman hokimligining tashabbusi bilan ushbu masjid binosi auksion savdolari orqali fuqaro T.A.ga 61 mln so‘mga sotib yuborilgan.
«Tuman hokimining 30.04.2019 yildagi qarori bilan ushbu madaniy meros ob’ektini qayta qurishga noqonuniy ravishda ruxsat beriladi. Oqibatda, fuqaro T.A. tomonidan «Abdumalik masjidi»ning 61,1 kv metr shift qismining qaytadan ta’mirlanib, tusi o‘zgartirilgani natijasida unga 806,5 mln so‘m jiddiy zarar yetkazilgan», — deyiladi bayonotda.
Hozirda Chust tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...