
Boyovut tumanlararo iqtisodiy sudining 19.04.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Oybek Baraka Qurilish” MCHJ hisobidan undiruvchi “UzAuto trailer” MCHJning foydasiga 237 mln. 411 ming so‘m qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Xovos tumani bo‘limi ish yurituviga 06.06.2022 yilda kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdorning bankdagi barcha hisob raqamlari va mol-mulklari xatlangan hamda qarzdordan jami 237 mln. 411 ming so‘m to‘liq undirilib, undiruvchi “UzAuto Trailer” MCHJning hisob raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.
Ijro harakatlari davomida, sud qarori ijrosi ta’minlandi va “UzAuto Trailer” MCHJning huquqlari tiklandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar