1 092
Toshkent viloyatida ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilib, Suriyadagi jihodchilar oqimiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Foto: Ichki ishlar vazirligi
Toshkent viloyati Parkent tumanida Ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilgan «jihodchilar» terroristik oqimi a’zosi qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati IIBB va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan ekstremistik va terroristik oqim g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi turli diniy mazmundagi materiallarni tarqatib kelayotgan va Suriyadagi jangarilar, jihodchilar terroristik oqimi safiga qo‘shilishni maqsad qilgan shaxs qo‘lga olingan.
Xususan, Sh.A. (1998 yilda tug‘ilgan) Telegram messenjeridagi profili orqali ekstremistik va terroristik oqim g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi turli diniy mazmundagi materiallarni tarqatib kelayotgani aniqlangan.
Ushbu shaxs jihod qilish va Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilish maqsadida Turkiya davlati orqali Suriya davlatiga chiqib ketishi oldidan ushlangan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan va ehtiyot chorasi sifatida qamoq tanlanib, jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...