
Majburiy ijro byurosi Beshariq tumani bo‘limi tomonidan FIB Denov tumanlararo sudining 15.11.2021 yildagi qaroriga asosan qarzdor K.K.dan undiruvchi K.M. foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorda aliment undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdor K.K. alimentdan bo‘lgan voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab, 9.124.000 so‘mdan ortiq aliment qarzini to‘lamasdan, yashash joyini o‘zgartirganligi sababli, 20.04.2022 yilda qarzdorga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Boshqarmaning qidiruv sho‘’basi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlar davomida 20.07.2022 yil kuni Toshkent viloyati, Oxangaron tumani, G‘allaquduq MFY, Bog‘bon ko‘chasi 19-uyda ijarada yashayotganligini aniqlanib, byuroning Beshariq tumani bo‘limiga olib kelindi va 1.000.000 so‘m aliment undirili.
21.07.2022 yil kuni qarzdor K.K.ning ma’muriy ishi sudda ko‘rilib 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar