Foto: Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi
Buxoro viloyatida issiqda chaqaloq dalaga tashlab ketilgani, u fermer xo‘jaligi yerlaridan topib olingani aytilgan murojaat tarqaldi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ushbu murojaat boshqarma mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilganda aniqlanishicha, 22 iyul kuni soat 16:07 da viloyat IIBning 102 avtomatlashtirilgan tizimiga G‘ijduvon tumani «Ko‘lijabbor» MFY Ko‘hna Nayman qishlog‘ida joylashgan «Shukur To‘xta» fermer xo‘jaligining dala maydoni yoqasidagi (kapa) shiyponda shaxsi aniq bo‘lmagan taxminan 9 oylik bola topib olinib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgani haqida xabar kelib tushgan.
Mazkur xabar G‘ijduvon tumani IIB navbatchilik qismida qayd qilinib, tezkor tergov guruhi tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilgan va kechiktirib bo‘lmas tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.
Hozirgi kunda ushbu shaxsi aniq bo‘lmagan taxminan 9 oylik bola tuman tibbiyot birlashmasi bolalarni sog‘lomlashtirish bo‘limida shifokorlar nazoratiga olingan bo‘lib, holat yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlarining yakuni yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?