Foto: Prezident matbuot xizmati.
24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev telefon orqali muloqot qildilar.
Ozarbayjon yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, birodar O‘zbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.
Prezidentlar joriy yil 21-22 iyun kunlari mamlakatimizda o‘tgan oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlarning sermahsul natijalarini yuqori baholadilar.
O‘zbekiston-Ozarbayjon muzokaralari yakunida qabul qilingan bitim va kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildilar.
Suhbat avvalida Rossiya yetakchisi Prezidentimizni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat hamda O‘zbekistonning barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lidagi davlatchilik faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Bundan tashqari davlatimiz rahbari Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan muloqot o‘tkazdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi