09:36 / 25.07.2022
1 331

Mizdakxon maqbarasi hududida noyob tarixiy-arxeologik park barpo etiladi

Mizdakxon maqbarasi hududida noyob tarixiy-arxeologik park barpo etiladi
Qoraqalpog‘istondagi Mizdakxon maqbarasi bazasida noyob tarixiy-arxeologik park barpo etiladi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi direktori Tigran Mkrtichev “O‘zbekiston madaniy merosi zamonaviy ilm-fan diqqat markazida” xalqaro ilmiy anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xo‘jayli shahri yaqinida joylashgan 200 gektarlik Mizdakxon maqbarasi hududida tarixiy-arxeologik park barpo etilishi rejalashtirilgan. Majmua Savitskiy muzeyining tarkibiy bo‘linmasiga aylanadi. Mizdakxon qadimiy yodgorliklari majmuasini targ‘ib qilish, o‘rganish va saqlash uchun muzey mas’ul bo‘ladi.

Mizdakxon nekropoli Govur qal’a qoldiqlari yonida joylashgan qadimiy qabristondir. Bu qal’a o‘z nomini arablar istilosi davrida olgan va tarjimada “kofirlar qal’asi” degan ma’noni bildiradi, chunki olimlar arablar istilosidan oldin qal’a aholisi zardushtiylar bo‘lganini aniqlagan.

Butun yodgorliklar majmuasi Xo‘jaylidan 3-4 km janubda joylashgan uchta tepalikda joylashgan. Bu yerda aholi punktining paydo bo‘lishi miloddan avvalgi IV asrga to‘g‘ri keladi. Qal’a o‘n metrli devorlari qudrati bilan hayratda qoldiradi. Bu devorlar qoldig‘i qadimiy shahardagi ikkita inshoot xarobalarini hamon himoya qilib kelmoqda. Arxeologlar fikriga ko‘ra, xarobalardan biri saroy binosi bo‘lsa, ikkinchisi olov ibodatxonasi vazifasini bajargan.

Yana bir tepalik esa dastlab zardushtiylar dafn marosimi o‘tkazadigan joy bo‘lib, u yerda qal’a aholisi zardushtiylik udumiga ko‘ra o‘liklarni qoldirishgan. Buni arxeologlar tomonidan topilgan ossuariylar va daxmaga o‘xshash narsa — zardushtiylar o‘liklarni qoldirgan tekis tomli minora tasdiqlaydi. Qushlar murda suyaklarini kemirib bo‘lgach, qarindoshlari ularni yig‘ib, ostadonga solishgan.

VIII asrda qal’a arablar tomonidan bosib olingandan so‘ng O‘rta Osiyoning barcha kengliklarida zardushtiylik dini yo‘q qilindi va marhumlar musulmon urf-odatlari bo‘yicha dafn qilina boshlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mizdakxon maqbarasi hududida noyob tarixiy-arxeologik park barpo etiladi