
Toshkentda erkak mudhish jinoyatga qo‘l urdi. 21 iyul kuni fuqaro 1989 yilda tug‘ilgan D.S. Chilonzor tumanida joylashgan xonadonda yashab kelayotgan turmush o‘rtog‘i 1994 yilda tug‘ilgan D.Saitova bilan oilaviy nizo sababli o‘zaro janjallashgan.
So‘ngra oshxona pichog‘i bilan uni va farzandi 2005 yilda tug‘ilgan M.A, ushbu xonadonda yashab kelayotgan D.Saidovaning onasi L.A. hamda singlisi N.A.ning turli sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan.
Joriy yilning 21 iyul kuni tuman prokuraturasi tomonidan D.S.ga nisbatan JKning 25 (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar