
Foto: IIBB axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda Labo transport vositasining yukxonasida bir fuqaro cho‘milgani aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, ushbu fuqarolarning shaxsi aniqlandi.
Qayd etilishicha, 1990 yilda tug‘ilgan Yu.Q. boshqaruvidagi Labo transport vositasi yukxonasida 1996 yilda tug‘ilgan Yu.Sh. jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan ustiga suv quyib, baqir-chaqir qilib jamoat tartibini buzgan.
Mazkur holat bo‘yicha ushbu fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudiga taqdim etilgan.
Bildirilishicha, sud tomonidan ushbu shaxslarga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar