4 758
Andijonlik tadbirkor nega o‘z joniga qasd qildi? Marhumning yaqinlari voqeaga aniqlik kiritdi
Marhum onasi bilan.
Foto: Nargizaxon Sattarovaning shaxsiy arxividan
Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida «Bo‘z Iqbol chorvasi» MCHJ rahbari N.S. joriy yilning 23 iyun kuni «Buyuk turon chorvasi» fermer xo‘jaligi dala maydonidagi daraxtga arqon bilan o‘zini osib, vafot etgani haqida xabar berilgandi.
«Daryo» muxbiri hodisa sabablarini o‘rganish maqsadida Bo‘ston tumanida bo‘lib, marhumning singlisi, jamiyat ta’sischisi Nargizaxon Sattarova bilan suhbatlashdi.
Marhumning singlisi Nargizaxon Sattarovaning aytishicha, u bir necha yil avval akasi bilan biznes hamkor sifatida ish boshlagan. U «Bo‘z Iqbol chorvasi» MCHJning ta’sischisi sifatida, marhum akasi esa jamiyat rahbari sifatida faoliyat yuritgan. 2021 yilning noyabr oyidan buyon jamiyat davlat maktabgacha tashkilotlarining oziq-ovqat ta’minotchisi hisoblangan.
«Akam bilan besh-olti yildan buyon biznes hamkor sifatida ish yuritib kelardik. Ikkimizning maishiy texnikalar sotiladigan savdo do‘konimiz bor. Shu do‘kon orqali ro‘zg‘or tebratardik. 2021 yilning noyabr oyida akam maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha shartnoma qilganini aytdi. Men ‘Shu ishni bekor qilibsiz, pullarini vaqtida tushirib bermaydi’, dedim. U esa ‘Yo‘q hamma to‘lovlar vaqtida bo‘larkan’, deb ishlarni boshladi. O‘zimizning fermadan yangi sut mahsulotlari, qo‘shnimizning qolipli non ishlab chiqarish sexidan non va jahon bozoridan eng yaxshi mahsulotlarni olib kelib tashkilotlarga tarqatardik. Bu ishga juda katta pul tikkan edi.
Akam ta’minotchi sifatida yetti oy ishladi. Shu vaqt ichida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan yetkazib berilgan mahsulotlar uchun uch yoki to‘rt oygina to‘liq pul o‘tkazib berildi, xolos. Shu ishni boshlagandan beri hali foyda ko‘rmagan edi. Bog‘chalarning qarzi borgan sari ortib bordi. Shunda bu ishni tugatishimiz kerakligini aytdim. Akam esa ta’minotchilikni birdaniga to‘xtatsak MTTlardan haqimizni ololmay qolishimizni bildirdi», — deydi Nargizaxon Sattarova.
Sattarovaning ma’lum qilishicha, bog‘cha mudiralari do‘kondan o‘z ehtiyojlari uchun ham xaridlar qilib, qarzlarini o‘z vaqtida qaytarishni istashmagan.
«Bundan tashqari maktabgacha ta’lim muassasasi xo‘jalik mudirlari shaxsiy ehtiyojlari uchun ham do‘kondan mahsulot xarid qilib muassasa nomidagi qarzlarga qo‘shimcha yozdirib ketishni o‘rganib olgan ekan. Akam bunday noma’qulchiliklarni hazm qilolmadi. Akam vafotigacha bo‘lgan muddatda hech bir bog‘chaga borib qarzini berishlarini so‘rab oyoq tirab olmagandi. Bundan tashqari akam Asror ismli shaxsdan 1500 dollar qarz bo‘lib qolgan. Shu yigit akamning o‘limidan bir kun avval uyga ikki marta o‘sha pulni so‘rab kelgan ekan. Yana bir yigitda esa akamning 20 ming dollar haqi bo‘lgan, u pulni bermay qochib yurgan. Bir tarafdan shu muammolar, bir tarafdan maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi holatlar akamni ancha o‘ylantirib qo‘ygan.
Men 11 iyun kuni Rossiyaga ketgan edim. 28 iyun kuni O‘zbekistonga qaytishim kerak edi. Bu xabarni eshitdim-u uyga kelib akam o‘z joniga qasd qiladigan odam emas edi-ku, deb so‘raganimda menga shu ishlarni sabab qilib ko‘rsatishdi. O‘sha kuni 1500 dollarni oldim-u akam qarz bo‘lib qolgan yigitning uyiga olib borib berdim. Keyin MTB mudiralari oldiga borib qarzdorliklari bo‘yicha barcha hujjatlarni ko‘rsatdim. Ularning aytishicha, biz mahsulot narxlarini sun’iy ravishda oshirib olibmiz. Shuning uchun ular bu pullarni hali beri to‘lamoqchi emas ekan», — deydi marhumning singlisi.
Nargiza opaning ta’kidlashicha, bog‘chalarning marhumdan 600 million so‘mdan ortiq qarzi bo‘lgan. Mablag‘larning qaytarilishidan umidini uzgan akasi do‘konda ish to‘xtab qolmasligi uchun bankdan kredit olgan.
«Menda barcha hujjatlar bor. Bozorda go‘sht narxi 70 ming so‘m bo‘lganda MTTlarga 65 ming so‘mdan tarqatganmiz. Umuman olganda barcha mahsulotlarni juda arzon narxlarda berardik. Mana akam vafot etganiga bir oydan oshdi. Lekin biz bilan hamkorlik qilgan tashkilot mudiralarining birortasi ham xonadonimizga hamdardlik bildirish uchun kelmadi. Shu kunga qadar 30 ta maktabgacha ta’lim muassasasidan faqatgina 4 tasi qarzlarini olib kelib berdi. MTTlarning jami qarzi 600 millionga yaqin edi. Akam pullar unmagach, ta’minot to‘xtab qolmasin, deb bankdan kredit ham olgan ekan. Bu ishlardan mening maqsadim faqatgina akamni pullarini undirib olish emas. Bundan keyin shunday muammolar ortidan hech bir ta’minotchi tadbirkor o‘z joniga qasd qilmasin, ziyon ko‘rmasin. Akamning to‘rtta farzandi yetim bo‘lib qoldi. Ular hech nimadan kam bo‘lmay o‘sadi. Ammo ota mehrini kimdan ko‘radi, akamning o‘rnini hech kim bosa olmaydi, axir», — deydi tadbirkor Nargizaxon Sattarova.
Tadbirkor ayol ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan ham o‘z munosabatini bildirgan
«Kecha ijtimoiy tarmoqlarda meni vafot etdi, deb yolg‘on xabarlar tarqatishibdi, ko‘rib turibsiz men tirikman. Vafot etgan mening akam hisoblanadi. Noto‘g‘ri ma’lumot tarqatganlar qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilmoqchiman. Nahotki xabar tayyorlayotganlar ma’lumotlarni tekshirmasdan chiqarishsa», — deydi tadbirkor.
Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva ushbu holat yuzasidan videobayonot yo‘llagan. Ta’kidlanishicha, Bo‘ston tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.S tomonidan marhum akasi N.Sattorov Bo‘ston tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbar va mutasaddi xodimlari faoliyatidan norozi bo‘lib videomurojaat orqali shikoyat qilgan. Mazkur holat Maktabgacha ta’lim vazirligining tegishli mutaxassislari tomonidan o‘rganilganda qo‘yidagilar aniqlangan.
«Andijon viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2022 yil 13 iyuldagi buyrug‘i bilan ishchi guruh shakllantirilib, masala joyida o‘rganilgan. O‘rganish davomida tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi hamda ‘Bo‘z Iqbol chorvasi’ MCHJ o‘rtasida 925,6 million so‘mga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilganligi, shuningdek, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan MCHJ hisobiga 925,6 million so‘m mablag‘ o‘tkazib berilganligi ma’lum bo‘lgan.
Ishchi guruh tomonidan aniqlangan ma’lumotlar, Andijon viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2022 yil 22 iyuldagi xati bilan Bo‘ston tuman prokuraturasiga huquqiy baho berish va surushtiruv ishlarini olib borish maqsadida hamda murojaatchining yashash manziliga tegishli xat yuborilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, tuzilgan shartnomalarni qonuniyligi va ta’minotchi korxona bilan maktabgacha ta’lim bo‘limi o‘rtasidagi to‘lov munosabatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi. Ammo o‘rganish va tergov jarayonlari tugatilmasidan marhumning qarindoshlari tomonidan turli video murojaatlar tarqalmoqda. Hurmatli jurnalist va blogerlar, holatga huquqiy baho berilmaguniga qadar xulosa chiqarmaylik, dalillarga asoslangan ma’lumotlarni ommaga tarqatish masalasida ehtiyot bo‘laylik», — deydi vazirlik axborot xizmati rahbari.
Viloyat prokuraturasining ma’lum qilishicha, fuqaro Nargizaxon Sattorovaning marhum akasi rahbarlik qilgan «Bo‘z Iqbol chorvasi» MCHJ tomonidan tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlarining pullari to‘lab berilmagani haqidagi murojaati Bo‘ston tumani prokuraturasi tomonidan mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda. Har ikkala holat bo‘yicha o‘tkazilayotgan tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. Natijalari haqida qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin