07:00 / 30.07.2022
1 484

Lavrov O‘zbekistonning SHHTga raisligini yuqori baholadi

Lavrov O‘zbekistonning SHHTga raisligini yuqori baholadi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston tashabbusi bilan SHHT doirasida o‘tkazilayotgan ko‘plab tadbirlarni yuqori baholadi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik hamkorlar tashabbusi bilan SHHT doirasida fan va texnika, madaniyat, sog‘liqni saqlash, turizm, yoshlar o‘rtasidagi aloqalar yo‘nalishlarida tadbirlar o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasi turizm sohasidagi hukumatlararo bitim va muzey ishi sohasidagi memorandum bilan to‘ldiriladi.

O‘zbekiston tomonining tashabbuskorligi tufayli transport aloqasi, energetika sohasidagi hamkorlik, “aqlli” qishloq xo‘jaligi, raqamli transformatsiya, hududlararo aloqalarni rivojlantirish, yuqori texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish manfaatlariga qaratilgan mustahkam hujjatlar to‘plami ishlab chiqildi”, deydi Sergey Lavrov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lavrov O‘zbekistonning SHHTga raisligini yuqori baholadi