16:55 / 31.07.2022
1 551

Navoiyda 3,2 mlrd so‘mlik antimayner qurilmalarini o‘g‘irlab ketgan shaxslar ushlandi

Navoiyda 3,2 mlrd so‘mlik antimayner qurilmalarini o‘g‘irlab ketgan shaxslar ushlandi
Foto: Ichki ishlar vazirligi
Navoiy viloyati Karmana tumanida antimayner qurilmalarni o‘g‘irlagan shaxslar fosh qilindi, deb xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi.

Qayd etilishicha, 31 may kuni Navoiy shahrida yashovchi A.F. (1995 yilda tug‘ilgan) murojaat qilib, Karmana tumani «Sardoba» mahallasida joylashgan issiqxona hududiga o‘rnatilgan 30 ta Antimayner T19 qurilmalarini noma’lum shaxslar o‘g‘irlaganini ma’lum qilgan. Qurilmalarning umumiy qiymati 3 milliard 285 million so‘m bo‘lgan.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur o‘ta og‘ir jinoyatni fosh etish maqsadida IIV Kiberxavfsizlik markazi va uning Navoiy viloyati bo‘linmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor-texnik tadbirlar o‘tkazilgan. Natijada A.G‘.ga tegishli 2 dona apparat Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi antimayner qurilmalarini ta’mirlovchi usta I.A. (1999 yilda tug‘ilgan) tomonidan foydalanib kelinayotgani aniqlangan. Undan ushbu qurilmalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shundan so‘ng, A.F. Ibragimov bilan tezkor surishtiruv olib borilib, mazkur antimayner qurilmalarni o‘g‘irlagan shaxslar: 1995 yilda tug‘ilgan, Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi N.F. va 1995 yilda tug‘ilgan, Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi R.A. ekani aniqlangan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida N.F. va R.A. qo‘lga olingan. N.F.ning yashash xonadonidan 11 dona Antimayner T19 qurilmalari ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Hozirda qo‘lga olinganlarning Q.A. ismli hamda boshqa jinoiy sheriklarini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda 3,2 mlrd so‘mlik antimayner qurilmalarini o‘g‘irlab ketgan shaxslar ushlandi