Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” muloqot formatining birinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog‘lu bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar berdi.
Muloqot chog‘ida ikki davlat tashqi siyosati yetakchilari o‘zaro savdo hajmini oshirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, madaniy-gumanitar va turizm almashinuvlarini kengaytirish yuzasidan oliy darajada erilishilgan kelishuvlar ijrosiga alohida e’tibor qaratgan.
O‘zbekiston va Turkiyaning xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligi ta’kidlangan.
Dunyodagi va mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashgan. Turkiya delegatsiyasi Toshkent shahrida Afg‘oniston bo‘yicha bo‘lib o‘tgan konferensiya natijalarini yuqori baholagan. Afg‘oniston yo‘nalishidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirish va bu mamlakatga gumanitar yordam ko‘rsatishga ikki tomon ham tayyorligi e’tirof etilgan.
Mevlut Chavushog‘lu Toshkent shahrida tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalari uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklar rahbarlari ishtirokida “O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” muloqotining birinchi yig‘ilishini o‘tkazish muhim ahamiyatga egaligini ta’kidlagan.
Ikki va ko‘p tomonlama darajada rejalashtirilgan tadbirlar, shu jumladan, Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga tayyorgarlikning tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi