
Foto: «islamdag.ru»
Tojikistonda ikki va undan ko‘p xotini bor erkaklar birinchi xotinidan uning yana boshqa ayolga uylangani yuzasidan shikoyat qilmagani uchun minnatdor bo‘lishi kerak. Bu haqda 2 avgust kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Xotin-qizlar va oila masalalari qo‘mitasi raisi Hilolbi Qurbonzoda gapirib o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, agar xotinlar qo‘shxotinlik fakti bo‘yicha tegishli davlat organlariga shikoyat qilish va da’vo kiritishga qaror qilsa, ularning erlari jazolanadi.
Mamlakatda qo‘shxotinlik qonunchilik darajasida taqiqlangan. Tojikiston Jinoyat kodeksining 170-moddasi (ikki yoki ko‘pxotinlik)ka ko‘ra, bu moddani buzgan shaxslar eng kam oylik ish haqining ming baravaridan ikki ming baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
TojikistonXotin-qizlarOila masalalariQo‘shxotinlikJinoyat kodeksiShikoyat qilish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar