07:54 / 03.08.2022
1 143

“Do‘stlik” chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tilgan qadoqlash etiketkalari yo‘q qilindi

“Do‘stlik” chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tilgan qadoqlash etiketkalari yo‘q qilindi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tuman sudining qaroriga ko‘ra 21 yoshli fuqaro Sh.Sh. 24.04.2022 yilda Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegara posti kirish yo‘lagi orqali Qirg‘iziston Respublikasidan xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 21 600 000 so‘mlik 21600 dona “Klassik Ledi” quruq sut mahsulotlarini qadoqlash uchun etiketkalarni noqonuniy olib o‘tayotgani aniqlanib, ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, 21 600 000 so‘mlik 21600 dona “Klassik Ledi” quruq sut mahsulotlarini qadoqlash etiketkalari yo‘q qilinishi belgilangan.

Ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida Byuroning Xo‘jaobod tuman bo‘limi tomonidan noqonuniy olib o‘tilgan 21600 dona “Klassik Ledi” quruq sut mahsulotlarini qadoqlash etiketkalari tegishli tartibda yo‘q qilinishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Do‘stlik” chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tilgan qadoqlash etiketkalari yo‘q qilindi