Bosh prokuratura huzuridagi Departament o‘qishga kiritish bilan bog‘liq jinoyatlar statistikasini taqdim etdi.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida:
– oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq 127 ta jinoyat fosh etilib, 384 mln so‘m va 457 ming AQSH dollarining firibgarlik yoki pora sifatida qo‘lga kiritilishining oldi olindi.
– xorijiy davlatlardan o‘qishni yurtimizdagi oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirib berishni va’da qilgan shaxslarning 34 ta jinoyati fosh etilib, huquqbuzarlar tomonidan 81,8 mln so‘m va 168,2 ming AQSH dollarining qo‘lga kiritilishiga chek qo‘yildi;
– kollej va texnikumlarga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq 37 ta jinoyat fosh etilib, 22 mln so‘m va 27,5 ming AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Hududlar kesimida tahlil qilganda, bu borada Andijonda – 29 ta, Farg‘onada – 27 ta, Toshkent shaharda – 26 ta, Samarqandda – 21 ta, Buxoro va Toshkent viloyatlarida – 17 tadan, Namangan hamda Sirdaryoda – 16 tadan, Surxondaryoda – 9 ta, Jizzax, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda – 6 tadan, Qashqadaryoda – 3 ta, Navoiy viloyatida – 1 ta jinoyat aniqlangan bo‘lib, huquqbuzarlik sodir etganlarning 17 nafari oliy ta’lim tizimida, 14 nafari kollej va litseylarda ishlasa, 169 nafari boshqa soha vakillari yoki fuqarolarni tashkil etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?