Joriy yilning 3 avgust kuni «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.
Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining ma’lum qilishicha, yangi qabul qilingan qonunga muvofiq, advokatlar kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida yana bir qancha huquqlarga ega bo‘ldi.
Jumladan, iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritilayotganda ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida yoki sud muhokamasi jarayonida davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan ekspertiza o‘tkazilishini so‘rash, shuningdek, ekspertiza xulosasi ish materiallariga qo‘shib qo‘yilishini va sud tomonidan ushbu xulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilish huquqi shular jumlasidan.
Advokat tomonidan tayinlanadigan sud ekspertizaning afzalligi shundaki, bunda advokat shaxsan hal etilishi lozim deb topgan savollarni ekspertlar oldiga qo‘yish va ushbu savollar asosida xulosa olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa, sudda tortishuv instituti tamoyilining to‘laqonli amalga oshirilishi orqali odil sudlovni yanada ta’minlashga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shu bilan birga, Qonun bilan nodavlat sud ekspertiza instituti faoliyatining huquqiy asoslari yanada mustahkamlandi, protsessual qonunchilik hujjatlarida nodavlat sud-ekspertlarining sud ish yurituvidagi ishtiroki hamda ularning vakolatini belgilash maqsadida Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xususan, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sud ishlarini yuritishda ekspert sifatida nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining eksperti ham ishtirok etishi, sud hamda advokatlar davlat sud-ekspertiza muassasalari bilan bir qatorda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ham ekspertizalar tayinlashi mumkinligi belgilandi.
Bu esa, sud ekspertizasini o‘tkazishda tomonlar uchun muqobil sud ekspertiza tashkilotlariga murojaat qilish imkoniyatini yaratish bilan birga nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari hamda davlat sud-ekspertiza muassasalari o‘rtasidagi sog‘lom raqobatni shakllantirishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi