20:16 / 05.08.2022
1 300

Tadbirkor foydasiga qarzdorlik undirib berildi

Tadbirkor foydasiga qarzdorlik undirib berildi
So‘ngi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinmoqda.

Bu borada Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga undiruv bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Byuroning Urganch shahar bo‘limi ish yurituviga Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdordan undiruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat foydasiga jami 576,6 mln. so‘m miqdorida qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdordan ijro varaqalarda ko‘rsatilgan 576,6 mln. so‘m qarzdorlik to‘liq undirilib, tadbirkorlik sub’ekti foydasiga yo‘naltirilishi ta’minlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkor foydasiga qarzdorlik undirib berildi