1 237
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaraoldi hududlarida savdo-logistika markazlari tashkil etiladi
Foto: dunyo.info
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev kecha O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi raisi Aziz Aliyevni qabul qildi.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi 2021 yil 14 aprelda o‘z ishini boshlagan. Jamg‘arma faoliyati ustuvor vazifasi - ahamiyatli tarmoqlarda istiqbolli va yuqori rentabelli qo‘shma investitsiya loyihalarini moliyalashtirish orqali ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish.
Jamg‘arma kengashiga ko‘rib chiqish uchun taklif etilayotgan loyihalar, ular iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati, rentabelligi va amalga oshirish muddatlarini hisobga olgan holda o‘rganildi. Transport infratuzilmasini rivojlantirish, chegaraoldi hududlarda savdo-logistika markazlarini tashkil etish bo‘yicha loyihalar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda tomonlar yaqin kelajakda jamg‘arma kengashi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib oldi. Unda tashkilot operatsion va investitsiya faoliyati bilan bog‘liq bir qator hujjatlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»