date
views 1 480

Test o‘tadigan bino, stadion va xiyobonlar ma’lumotlari e’lon qilindi

Test o‘tadigan bino, stadion va xiyobonlar ma’lumotlari e’lon qilindi
DTM rasmiy veb-saytiga 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

- Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
- Hududga kirish joylari;
- Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
- Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
- Sektor raqami;
- Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
- Joylarning google xaritadagi geolokatsiyasi.

Test sinovlarini o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar ushbu linkda.

Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, mazkur hududdagi test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Test o‘tadigan bino, stadion va xiyobonlar ma’lumotlari e’lon qilindi