Markaziy bank 2022 yilning ikkinchi choragi uchun biznes kayfiyati sharhini taqdim qildi. Ushbu sharh Markaziy bank tomonidan tadbirkorlarning biznes kayfiyatini o‘rganish maqsadida 2022 yilning iyul oyida o‘tkazilgan so‘rov asosida tayyorlangan.
Tadbirkorlarning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda 2022 yilning ikkinchi choragida tadbirkorlik sharoitlari o‘tgan chorakka nisbatan birmuncha yaxshilandi.
Bunda, Toshkent shahri, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Buxoro viloyatlarida biznes sharoitlarini yaxshilanganini ta’kidlagan tadbirkorlar ulushi o‘rtacha 53,5 foizni tashkil etdi.
Bu esa avvalgi chorakka nisbatan sezilarli darajada yuqoridir (birinchi chorakda ushbu ko‘rsatkich 28 foizga teng bo‘lgan).
2022 yil ikkinchi choragida tadbirkorlarning biznes sharoitlari bo‘yicha ijobiy javoblarini avvalgi chorakka nisbatan oshganligi, bir tomondan, tashqi shoklarning iqtisodiyotiga salbiy ta’sirlari asta-sekin pasayib borayotgani bilan izohlanadi.
Boshqa tomondan, ushbu davrda ko‘plab sohalar, jumladan, qurilish, qishloq xo‘jaligi, savdo, turizm, umumiy ovqatlanish va tashish kabilarda mavsumiy faollikning jonlangani kuzatildi.
2022 yilning ikkinchi choragida energiya iste’moli ko‘payganini ta’kidlagan tadbirkorlar ulushi ortib, 43 foizni tashkil etdi (I chorakda 37 foiz).
Yuk tashish hajmida ham o‘sish kuzatilgan bo‘lib, yuk tashish hajmi o‘sganligini ta’kidlagan biznes vakillari ulushi 39 foizga teng bo‘ldi (I chorakda 30 foiz).
Chorak davomida to‘liq faoliyat yurita olmaganliklarini qayd etgan tadbirkorlar ulushi biroz qisqardi.
Xususan, avvalgi chorakda so‘rovda qatnashgan jami tadbirkorlarning 30 foizi to‘liq faoliyat yurita olmaganliklarini ta’kidlagan bo‘lsa, ikkinchi chorakda ushbu ko‘rsatkich 24,5 foizgacha kamaydi.
Bunda, to‘liq ishlamaslik sabablari sifatida yoqilg‘i narxlarining qimmatligi hamda xom ashyo materiallarning yetishmasligi kabi omillar keltirilgan.
O‘rganilayotgan davrda tadbirkorlarning qo‘shimcha ishchi kuchiga bo‘lgan talabining jonlangani kuzatildi. Bunda qurilish, umumiy ovqatlanish hamda qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shimcha ishchi kuchiga bo‘lgan talab oshgan.
Ayni paytda ushbu davrda biznes vakillaridan ish so‘rab keluvchilar sonida ham o‘sish kuzatilgan. Xususan, ishlab chiqarish, fan-ta’lim, tibbiyot, qurilish va xizmat sohalarida ish qidiruvchilar soni ko‘paygan.
Tadbirkorlarning qarz yuklamalari (kredit va foiz to‘lovlar) dinamikasida muvozanatlashuv tendensiyalari kuzatilmoqda. Jumladan, birinchi chorakda biznes vakillarining qariyb yarmi chorak davomida qarzdorligi ko‘payganligini ta’kidlagan bo‘lsa, ikkinchi chorakda ushbu ko‘rsatkich 40 foizni tashkil etdi.
Umuman olganda, biznes vakillarining yaqin istiqboldagi kutilmalari yaxshilanib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?