Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati
Qibray tumanida eshigi qulflanmagan mashinadan 90 million so‘mni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi — 16 yoshli o‘smir... Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tumandagi «Parvoz» MFYda yashovchi fuqaro S.U. shaxsiy «Tracker» avtomashinasini o‘zi yashaydigan uy oldida eshigini ochiq (qulflamay) qoldirgan bo‘lgan.
Vaziyatdan foydalangan shaxs avtomobil salonida bo‘lgan haydovchilik guvohnomasi, bank plastik kartalari, xonadon kaliti, 7 500 AQSH dollari hamda 300 ming so‘m miqdoridagi pulni olib, voqea joyidan yashiringan.
Olib borilgan surishtiruvlar natijasida o‘g‘irlikni 2005 yilda tug‘ilgan shaxs — fuqaro A.J. sodir etgani IIB tezkor xodimlari tomonidan aniqlanib, ushlangan.
Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati
Qibray tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro A.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari vaqtida jabrlanuvchiga yetkazilgan jami 86 mln 317 ming so‘m moddiy zarar to‘liq undirilishiga erishilgan.
Tergov tugatilib, ish sudga yuborildi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi