08:30 / 10.08.2022
1 283

Toshkent aeroportida taksi xizmati bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi

Toshkent aeroportida taksi xizmati bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi
Foto: Uzbekistan Airports
Toshkent aeroportida «Taksi xizmatini tashkil etish» auksioni bo‘yicha g‘olib aniqlandi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2017 yildan buyon yo‘lovchi tashish sohasida faoliyat yuritib kelayotgan «Bobur Diyor» kompaniyasi poytaxt aeroportida taksi xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha elektron auksion g‘olibi bo‘lgan. Kompaniya avtoparkida faqat benzinda ishlaydigan mahalliy va xorijiy 100 dan ortiq avtomobillar mavjud. Bu buyurtmachining (Uzbekistan Airports AJ) auksion doirasidagi asosiy talablaridan biri bo‘lgan.

Joriy qilinayotgan tartibga ko‘ra, uchib kelgan yo‘lovchilar zalda joylashgan taksi xizmati oldiga kelishadi va manzilni aytib, to‘lovni naqd yoki karta orqali amalga oshiradi. Taksi xizmati dispetcheri yo‘lovchining manzili va «to‘lov amalga oshirildi» degan belgi ko‘rsatilgan kvitansiya beradi.

Yo‘lovchi terminaldan chiqib, qatordagi birinchi mashinaga o‘tiradi va haydovchiga chekni beradi. Shuningdek, yo‘lovchi terminal ichidagi peshtaxtani chetlab o‘tib, taksi xizmatidan haydovchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul to‘lash orqali foydalanishi ham mumkin.

Kompaniya tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tashuvchi transport xizmatlarining to‘liq spektrini ko‘rsatish bo‘yicha 5 yillik tajribaga ega:
  • aeroportlar va vokzallarda kutib olish/kuzatish;
  • tez yetkazib berish;
  • VIP taksi, mikroavtobus va avtobuslarda xizmat ko‘rsatish.

Aeroport yo‘lovchilarini tashish tariflari, shuningdek, kelish zalida o‘rnatiladigan taksi to‘xtash joyi dizaynini transport kompaniyasi Uzbekistan Airports bilan kelishib oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent aeroportida taksi xizmati bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi