10:39 / 10.08.2022
1 629

Vazirlar Mahkamasining maktab formasiga oid qaroriga o‘zgartirish kiritish kutilmoqda

Vazirlar Mahkamasining maktab formasiga oid qaroriga o‘zgartirish kiritish kutilmoqda
Xalq ta’limi vaziri bayonoti hukumat qarori bilan hujjatlashtiriladi. XTV rahbarining yangi o‘quv yilidan yagona maktab formasi majburiy bo‘lmasligi haqidagi bayonoti hukumat qarori bilan tasdiqlab qo‘yiladi. Bu haqda xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

«Vazirlar Mahkamasi qarori chiqishining ma’lum protsedurasi bor. Men ham vazir sifatida hukumat a’zosi hisoblanaman. Ham vazir, ham hukumat a’zosi sifatida o‘sha bayonotni qildim. Bu albatta, keng jamoatchilikning xohish-irodasi, tahlillar va vaziyatdan kelib chiqib, qilingan bayonot edi», — dedi u.

Ta’kidlanishicha, Vazirlar Mahkamasining maktab formasiga oid qaroriga o‘zgartirish kiritish kutilmoqda.

«Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasini tayyorlab, kiritib, uni chiqarish uchun ma’lum vaqt talab qiladi. Bayonotda aytilgan gaplar ham Vazirlar Mahkamasiga boshqa qarorlar loyihasi kiritilganda, albatta, o‘z aksini topadi. Bu ishlar qilinib bo‘lingan, yaqinda bu haqda eshitasizlar, deb o‘ylayman. Ya’ni bu qonuniy tusga ega bo‘lib, hujjatda ham aks etadi», — dedi vazir.

Eslatib o‘tamiz, Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov 27 iyulda o‘tkazilgan brifingda yagona maktab formasi talabi bekor bo‘lishini aytib, maktabda ro‘mol o‘rashga ruxsat berilganini ham ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vazirlar Mahkamasining maktab formasiga oid qaroriga o‘zgartirish kiritish kutilmoqda